Fransiyada O‘zbekiston madaniyat kunlari bo‘lib o‘tmoqda
2025-05-25 17:00:00 / Yangiliklar

Ayni kunlarda Fransiyada O‘zbekiston madaniyat kunlariga start berildi. Madaniyat bu xalqlarni birlashtiruvchi vosita, so‘zsiz tildir, O‘zbekiston ovozi Fransiya poytaxti bo‘ylab yangramoqda. Shaharning mashhur lokatsiyalarida o‘zbek milliy raqs, kuy-qo‘shiqlar xorijliklar e’tibor markazida bo‘lmoqda.
O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Parij shahrida bo‘lib turibdi.
Parij shahrining dunyoga mashhur maydonlari xususan, Trocadero maydoni hamda Arc de Trimphe-G‘alaba yoyida delegatsiya ijodiy jamoalari tomonidan milliy kuy-qo‘shiqlar va qo‘g‘irchoqbozlik san’ati sahna o‘yinlari hamda milliy raqs san’ati chiqishlari sayyohlar uchun namoyish etildi.
Bundan tashqari asosiy bayram tadbiriga ijodiy jamoaning tayyorgarlik jarayonlari davom etdi.
Bir so‘z bilan O‘zbekiston madaniyat kunlari O‘zbekiston ruhini Parijga olib kirmoqda.
