Samarqand viloyati musiqali drama teatriga badiiy rahbar tayinlandi
2025-05-24 12:00:00 / Yangiliklar

Kuni kecha madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov ishtirokida Samarqand viloyati musiqali drama teatrida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda hududlarda amalga oshirilgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, madaniyat vazirining tegishli buyrug‘i bilan Samarqand viloyat musiqali drama teatri badiiy rahbari lavozimiga tayinlangan Javohirbek Hojiyev teatr jamoasiga tanishtirildi.
Ma’lumot uchun, Javohirbek Hojiyev tayinlovga qadar Madaniyat vazirligi teatr va sirk san’ati faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi mutaxassisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
"Ishonamizki, Javohir Hojiyev yillar davomida orttirgan bilim va tajribasini soha rivoji uchun munosib hissa qo‘shish yo‘lida sarflaydi" - dedi Bahodir Ahmedov.



