Vazirning birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov xizmat safari bilan Qashqadaryoda bo‘ldi
2025-05-23 20:00:00 / Yangiliklar

Bugun, 23-may kuni madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov Qashqadaryo viloyatida xizmat safarida bo‘ldi.
Xizmat safari davomida Ko‘kdala tumanida yangidan qurilayotgan Ko‘kdala tumani 49-son madaniyat markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Markazning moddiy texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha fikrlarini bildirib o‘tdi.
Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida madaniyat va san’at sohasida faoliyat yuritayotgan ijodkor-yoshlarni saralash, ular uchun ijodiy muhit yaratish, yangi iste’dodlarni kashf etish maqsadida, O‘zbekiston davlat Filarmoniyasi Qashqadaryo viloyat bo‘linmasi hamda O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Qashqadaryo viloyat hududiy bo‘linmasi ijodiy jamoasi bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida jamoalarning ansambli faoliyatini takomillashtirish, ansamblining badiiy saviyasini oshirish, xorijiy ijodiy safarlarni amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.




