O‘zbekistonda "Rossiya madaniyati kunlari" bo‘lib o‘tadi
2025-05-17 13:00:00 / Yangiliklar

Xabaringiz bor Qozon shahrida XVI “Rossiya - Islom dunyosi: KazanForum” xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Islom hamkorlik tashkilot madaniyat vazirlari kongressi bo‘lib o‘tmoqda
Forum doirasida O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov va Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri o‘rinbosari Andrey Malishev o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda joriy yilning 29-30-may kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida o‘tkaziladigan "Rossiya madaniyati kunlari" hamda Hukumatlararo komissiyaning madaniy hamkorlik bo‘yicha quyi qo‘mitasi yig‘ilishini o‘tkazish masalalari muhokama etildi.
Rossiya tomoni madaniyat kunlariga alohida tayyorgarlik ko‘rilayotgani xususan ilk bor yangicha dastur namoyish etilishi rejalashtirilayotganligini ma’lum qildi.
Shuningdek, ta’lim, raqs, rejissyorlik sohalarida o‘zaro tajriba almashish masalalari ko‘rib chiqildi.


