Namanganda "Bolalar musiqa va san’at maktablarining o‘rta va oliy ta’lim tashkilotlari bilan integratsion hamkorligi: kelajak ijodkorlari uchun yangi imkoniyatlar" mavzusida Respublika seminari o‘tkazildi
2025-05-16 14:30:00 / Yangiliklar

Avval xabar berilganidek, 15-may kuni Namanganning Uchqo‘rg‘on tumani 12-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida "Bolalar musiqa va san’at maktablarining o‘rta va oliy ta’lim tashkilotlari bilan integratsion hamkorligi: kelajak ijodkorlari uchun yangi imkoniyatlar" mavzusida Respublika seminari o‘tkazildi.
Unda, vazirning birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov, hududiy madaniyat boshqarmalari boshliqlari,
ta’limga mas’ul mutaxassislar hamda direktorlar kengashi a’zolari tashrif ishtirok etishdi.
Seminar doirasida mavzu yuzasidan muhokamalar, mahorat darslari, konsert dasturlari, yangi loyihalar taqdimoti va bir qator madaniy dasturlar tashkil etildi.









