Madaniyat markazlari faoliyati tahlil qilindi
2025-05-13 10:25:00 / Yangiliklar

Kuni kecha vazirning birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov boshchiligida madaniyat markazlari faoliyati, namunaviy madaniyat markazlarini tashkil etish hamda havaskorlik jamoalarining turizm obyektlaridagi madaniy xizmatlari natijadorligi muhokama etildi.
Unda, kun tartibidagi bir nechta masalalar muhokama etildi: jumladan,
- Madaniyat markazlarida ochilgan to‘garaklar;
- Madaniyat markazlariga aholi, xususan, yoshlarning muntazam tashriflari samaradorligini oshirishga qaratilgan kreativ loyihalar;
- Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida 2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda har bir tuman (shahar)larda 1 tadan namunali madaniyat markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish topshirig‘i berilganligi, unga ko‘ra, 2023-2024-yillarda 159 ta madaniyat markazlari ta’mirlanib foydalanishga topshirilganligi, 2025-yilda 49 tasini ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazib foydalanishga topshirish bo‘yicha topshiriq berilganligi;
- Muhtaram Prezidentimizning 406-son qaroriga asosan, 53 ta badiiy havaskorlik jamoalari tuzim obyektlarida konsert dasturlarini amalga oshirilishi kabi masalalar ko‘rib chiqilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
