O‘zbekiston xalq artisti Og‘abek Sobirovning ijodiy-ma’rifiy kechasi tashkil etildi
2025-05-12 16:50:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-martdagi “O‘zbekiston san’at ustalari ishtirokida o‘tkaziladigan ijodiy-ma’rifiy kechalarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni yuqori saviyada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 49-son majlisi bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 10-may kuni Toshkent shahridagi “Ma’rifat markazi” Simpoziumlar saroyida O‘zbekiston xalq artisti Og‘abek Sobirovning ijodiy-ma’rifiy kechasi tashkil etildi.
Tadbir davomida, sozandalar jo‘rligida “Devona qildi ishq mani”, “Ayrilma”, “Nima qildi ‘”, “ Sohibqironim bor maning”, “Onamga teng bo‘laolmas”, “Savti suvora”, “Xush soat edi”, “Mustahzod”, “Kelding nima, ketding nima”, “Jayxun shamollari”, “Senga yoniq muhabbatimni”, “Lazgi” kabi o‘n beshdan ortiq qo‘shiqlar ijro etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan ijodiy-ma’rifiy kechalarni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida “Ma’rifat markazi” Simpoziumlar saroyining kirish qismida san’at asarlari ko‘rgazmasi hamda kitoblar taqdimoti tashkil etildi.
Mazkur Ijodiy-ma’rifiy kechada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va talabalari, Fanlar akademiyasi, Toshkent shahar mahallari faollari hamda Madaniyat vazirligi tizim tashkilotlari xodimlari, ustoz san’atkorlar, madaniyat va san’at sohasi vakillari Og‘abek Sobirov san’ati ixlosmandlari ishtirok etishdi.








