“ERP madaniyat” yagona boshqaruv tizimi haqida bilasizmi?
2025-05-08 16:50:00 / Yangiliklar
Madaniyat va san’at sohasida axborot texnologiyalarini rivojlantirish va boshqaruvni raqamlashtirish orqali xizmat ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgan “ERP madaniyat” yagona boshqaruv tizimini joriy qilish bo‘yicha 2024–2027-yillarga mo‘ljallangan harakatlar dasturi ishlab chiqildi.
Unga ko'ra, ERP Madaniyat yagona boshqaruv tizimi quyidagi maqsadlarni amalga oshirishi rejalashtirilmoqda:
“ERP Madaniyat” ATning maqsadlari Madaniyat vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalari faoliyatining boshqaruv jarayonlariniavtomatlashtirish, yangiliklar, xavf-xatarlar va muammolarga o‘z vaqtida munosib ravishda e’tibor qaratish uchun axborot almashinuvining samaralitizimini shakllantirish, jumladan:
– madaniyat va san’at sohasida o‘tkaziladigan hamda rejalashtirilgan xalqaro va mahalliy ommaviy-madaniy, konsert-tomosha tadbirlari,festival va tanlovlar rejalari, ularda madaniyat va san’at sohasi vakillarini ishtiroki, erishilgan natijalari va shu kabilar bo‘yichahisobotlarni yuritish va nazorat qilish jarayonlarini 80%gacha raqamlashtirish;
– Vazirlik va tizim tashkilotlari uchun ajratiladigan hamda mavjud inventarlar va jihozlar hisobini yuritish va ehtiyojlarini aniqlash jarayonlarini 80% gacha raqamlashtirish;
– madaniyat va sa’at sohasi faoliyatini ochiqlik va shaffofligini ta’minlash veb-resurslarda hamda ijtimoiy tarmoqlorda keng yoritilishini monitoring qilish (“PR-monitoring) jarayonlarini 75% gacharaqamlashtirish;
– Vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quv jarayonlarini monitoring qilish, shuningdek, talaba-o‘quvchilarning shaxsiy kabinetlari orqali topshiriqlarni bajarishi hamda reyting natijalarini onlayn kuzatib borish imkoniyatini yaratish;
– Vazirlik tizimidagi madaniyat va san’at sohasida pullik xizmat ko‘rsatish jarayonlari (elektron biletlar, abonement va boshqa to‘lovlar)ning avtomatlashtirish;
– Respublikamiz hududlarida madaniyat va san’at inshootlari, qurilish-ta’mirlashda ob’yektning shartnoma qiymati, moliyalashtirilganmablag‘lari, bajarilgan ishlar hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ta’mirlash va qurilish ishlari rejalarining bajarilishi bo‘yicha hududlar reytingini tuzish imkoniyatini yaratish;
– Vazirlik tizimidagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlash, kadrlar zaxirasini shakllantirish, mukofotlash va rag‘batlantirish,intizomiy choralar ko‘rilganligi, shuningdek, ularning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuritish jarayonlarini 60 % gacharaqamlashtirish;
– Vazirlik tizimidagi tashkilotlar orasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, faoliyat darajasi, sifatini va samaradorligini aniqlashda xolislik, oshkoralik va adolat tamoyillari asosida hududlararo reytinglibaholash imkonini yaratish jarayonlarini 65 % gacha raqamlashtirish;
– davlat byudjetidan madaniyat va san’at sohasi uchun ajratiladigan va madaniyat va san’at muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘laritaqsimlanishi va ishlatilishining to‘liq nazorat qilinishini jarayonlarini 65 % gacha raqamlashtirish;
– yangi ijodkorlarni kashf etish, ularni mahalladan boshlab tanlab olish bo‘yicha elektron platforma yaratish;
– ijodkorlar haqidagi ma’lumotlarni yuritish jarayonlarini 80 % gacha raqamlashtirish;
– hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) maxsus tizimini boshqarish platformasini ishlab chiqish;
– madaniyat va san’at sohasidagi ijodkorlar to‘g‘risida aniq elektron ma’lumotlar bazasini yaratish;
– ijodiy imtihonlar, ko‘rik-tanlov va festivallarni ishtirokchilarini baholash tizimi, me’yorlari, turlari, o‘tkazish grafiklari va ishtirokchilar uchun tavsiyalar berishga mo‘ljallangan platforma hamda ishtirokchilar haqidagi jarayonlarni elektron shaklda yuritish imkoniyatini yaratish;
– madaniyat va san’at sohasi bilan bog‘liq hamda normativ huquqiy- hujjatlarda belgilangan komissiyalar tarkibi faoliyatini 60 % gacha raqamlashtirish;
– madaniyat va san’at sohasida beriladigan, sertifikatlar, diplomlar va guvohnomalarni berish hamda yagona elektron reyestrini yuritishjarayonlarini raqamlashtirish;
– madaniyat va san’at sohasida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari axborot tizimini ishlab chiqish va elektron xizmatni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiya qilish;
– madaniyat va san’at sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar ish samaradorligini baholash;
– madaniyat va san’at sohasida barcha interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi elektron xizmatlari portalini yaratish;
– madaniyat va san’at sohasidagi barcha yo‘nalishlar kesimida tahliliy hisobotlar olish imoniyatini o‘z ichiga olgan “Monitoring-tahlil” tizimini yaratish. (KPI, dashboard);
– madaniyat tizimi muassasalarida ish jarayonlarini raqamlashtirish;
– muntazam jarayonlarni tezlashtirish (hujjatlarni shablonlar bo‘yicha avtomatik yaratish, vaqtni tejash);
– qog‘oz hujjatlar o‘rniga ish to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomatlashtirish tizimining interfeysi orqali amalga oshirish;
– har qanday jarayonga sarflanadigan vaqtni qisqartirish;
– barcha jarayonlarda mavjud xatoliklar sonini kamaytirish va ma’muriy jarayonlarni 80% optimallashtirish;
– ma’lumotlarni tahlil, monitoring qilish jarayonlarida yuzaga kelgan muammolar uchun tezkor tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiruvchi mukammal mexanizmni yaratish;
– madaniyat va san’at sohasidagi barcha to‘lovlarni onlayn to‘lash imkoniyatini o‘z ichiga olgan “Billing” axborot tizimini ishlab chiqish hamda to‘lov imkoniyatini elektron shaklga 100 % ga o‘tkazish;
– muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lovlar hajmini 100% gacha qisqartirish;
– boshqaruv jarayonga sarflanadigan vaqtni 80% qisqartirish;
– elektron shakliga o‘tishda qog‘oz xarajatlarini kamaytirish va qog‘ozdan oqilona foydalanish (xarajatlarni 90% ga kamaytirish).
– “ERP Madaniyat” AT doirasida ishlab chiqiladigan quyi axborot tizimlaridan kelib chiqib mobil ilovalar (android, iOS) yaratish.
