E'lon: Madaniyat markazini qayta qurish hamda madaniyat markazi faoliyatini tashkil qilish
2025-05-05 11:30:00 / Tanlovlar va tenderlar
Tadbirkorlar va sarmoyadorlar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘RQ-537-son Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktyabrdagi “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 720-sonli qaroriga asosan “NASIBA-SAMINA CONSTRUKTION” MChJ. tomonidan Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Markaz-27, Bog‘ko‘chasi 3a-uyda joylashgan Alisher Navoiy nomidagi 21-son madaniyat markazini DXSh asosida qayta qurish hamda madaniyat markazi faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan.
Loyiha doirasida, Madaniy to‘garaklar, ovoz yozish studiyasi va aholiga keng turdagi madaniy hizmatlar ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish etish rejalashtirilgan.
Ilova qilinayotgan hujjatlar:
Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli; |
Loyiha konsepsiyasi; |
Loyiha to‘g‘risida ma’lumot. |
Tenderda qatnashish, tadbirkorlar tomonidan qiziqish bildirish uchun so‘rov va tender takliflarini 2025-yil 19-iyun kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 23:59 gacha topshirilishi kerak.
|
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi |
elektron pochta manzili: madaniyat.devon@exat.uz |
Telefon raqami: 55 502-33-77(512) |
Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko'chasi, 107B-uy. |
|
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
Elektron pochta manzili: dxshtender@imv.uz |
Telefon raqami: (71) 203-50-50 |
Manzil: Toshkent shahar, Istiqlol ko‘cha 29-uy. |
“DXSh to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tender takliflari olingan taqdirda, Madaniyat vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.
elektron pochta manzili:
Telefon raqami: 55 502-33-77(512)
Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko'chasi, 107B-uy.