Madaniyat vazirligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yig’ilish bo’lib o’tdi.
2025-04-28 10:00:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma prokurori, adliya kichik maslahatchisi Farhod Temirov va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi hamda madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov, vazirlikning markaziy apparati vakillari ishtirok etishdi.
Madaniyat vazirligining 2025-yil aprel-iyun oylari uchun tasdiqlangan iqtisodiy o‘qishlar grafigiga asosan, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashi yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar muhokama etildi.
Xususan, Davlatimiz rahbari tomonlaridan mazkur yig‘ilishda yurtimizda korrupsiyadan holi muhit yaratishni davom ettirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar hamda vazirlik, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlarining bu boradagi shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.



