Madaniyat vazirligi hamda Agrobank o‘rtasida hamkorlik aloqalari kengaytirilmoqda
2025-04-24 14:50:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Agrobank o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda.
Hamkorlik doirasida vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar uchun imtiyozli moliyaviy xizmatlar taqdim etiladi, jumladan kredit mahsulotlari, bank kartalari va boshqa kundalik bank xizmatlari bo‘yicha qulay shartlar taklif etiladi.
Mazkur tashabbus madaniyat sohasi xodimlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi ko’zda tutilmoqda.



