Vazirlik tasarrufidagi ta’lim muassasalari pedagoglari uchun attestatsiya jarayonlariga start berildi
2025-04-23 18:00:00 / Yangiliklar

Xabaringiz bor, vazirning birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov boshchiligida vazirlik tasarrufidagi ta’lim muassasalari pedagoglarini attestatsiyadan o‘tkazish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilgan edi.
Ayni kunlarda bolalar musiqa va san’at maktabi pedagoglari attestatsiyadan o‘tkazilmoqda.
Ma’lumot uchun, 1-hudud - Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlaridan jami 743 nafar pedagog kadrlar 21-26 aprel kunlari Farg‘ona shahar 4-son bolalar musiqa va san’at maktabida;
2-hudud - Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyatlaridan jami 643 nafar pedagog kadrlar 21-26 aprel kunlari Toshkent shahar 12-son bolalar musiqa va san’at maktabida;
3-hudud – Buxoro va Navoiy viloyatidan jami 141 nafar pedagog kadrlar 21-26 aprel kunlari Buxoro shahar 1-son bolalar musiqa va san’at maktabida attestatsiyadan o‘tkazilmoqda.
Mazkur attestatsiya jarayonlarini adolatli va shaffof o‘tkazish maqsadida malaka sinovlari Youtube ijtimoiy tarmog‘idan to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli translyatsiya qilinmoqda.
Kuni kecha vazirlik tasarrufidagi Madaniyat ta’limi markazi direktori Alisher Djamaldinov Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan attestatsiya jarayonlari va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Attestatsiya komissiyasi pedagog kadrlarning malaka sinovlari ko‘zdan kechirilib, ular bilan ijro sifati va salohiyati yuzasidan suhbat qilindi.
Vazirlik tasarrufidagi ta’lim muassasalari pedagoglarining attestatsiyadan o‘tish jarayonlari 3-may kuniga qadar davom etadi.






