Xivada IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy-ijodiy guruhning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
2025-04-09 10:00:00 / Yangiliklar

Kuni kecha madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov Xivada bo‘lib, u yerda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy-ijodiy guruhning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi.
Yig‘ilishda festivalni o‘tkazish bo‘yicha barcha tashkiliy masalalar atroflicha muhokama etildi.
Jumladan, mahalliy va xorijiy mehmonlarni Xiva shahrida kutib olish, joylashtirish, kuzatish, ilmiy-amaliy konferensiyani tashkil etish kabi masalalar atroflicha muhokama etilib, vazifalar belgilanib, tegishli mas’ullar kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyining so‘nggi o‘n kunligida Xivada IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivali bo‘lib o‘tadi.


