Vazir Ozodbek Nazarbekov boshchiligida 15-aprel — “Madaniyat va san’at xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tadbirlarini o‘tkazish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
2025-04-07 18:50:00 / Yangiliklar

2021-yilning 7-iyun kuni hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonlaridan “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi. Bu esa yurtimizda madaniyat sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibordan dalolatdir.
Bugun, 7-aprel kuni vazir Ozodbek Nazarbekov boshchiligida 15-aprel — “Madaniyat va san’at xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.









