O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialida Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2025-04-03 16:00:00 / Yangiliklar

Kuni kecha O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialida navbatdagi Kengash majlisi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni filial direktori, Kengash raisi R.Allanbaev ochib berdi va boshqarib bordi.
Kengash majlisida quyidagi asosiy masalalar ko‘rib chiqildi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi 1-sonli qarorida belgilangan vazifalarning bajarilishi haqida filialning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari B.Seytanov ma’ruza qildi.
Talabalarni ilm-fanga qiziqtirish va ilmiy faoliyatga jalb qilish bo‘yicha filialda olib borilayotgan ishlar bo‘yicha ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.Kamalova yig‘ilganlarga tushuncha berib o‘tdi.
Shundan so‘ng, joriy masalalarga to‘xtalib o‘tildi:
"Umumiy kasbiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi dotsenti v.v.b G.Kamalovaning "Qoraqalpoq an’anaviy musiqasi tarixi" nomli darsligi kengashda ko‘rib chiqildi va bir ovozdan ma’qullandi.
