Komediya janridagi 7ta afsonaviy o‘zbek retro filmlarining namoyishi bo‘lib o‘tadi
2025-04-01 12:00:00 / Yangiliklar

O‘zbek kino san’ati xalqimizning boy madaniyati va tarixini aks ettirgan bebaho merosdir. Komediya janridagi afsonaviy filmlar esa yillar o‘tsa ham tomoshabinlarga quvonch va ibrat ulashishda davom etmoqda. Endilikda ushbu 7 ta mashhur o‘zbek retro komediya filmi katta ekran orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Kino saroyi qoshida tashkil etilgan Retro film klubi hamda O‘zbekiston Milliy kinofondi hamkorligida o‘zbek komediya retro filmlariga bag‘ishlangan maxsus haftalik e’lon qiladi! O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida 2-apreldan 9-aprelga qadar 7 ta afsonaviy o‘zbek komediya retro filmlari katta ekranda namoyishi bo‘lib o‘tadi.
Repertuar jadvali bilan tanishing:
“Kelinlar qo‘zg‘oloni” filmi
2-aprel kuni soat 18:30da – O‘zbek tilida
3-aprel kuni soat 18:30da – Rus tilida
“Mahallada duv-duv gap” filmi
4-aprel kuni soat18:30da – O‘zbek tilida
5-aprel kuni soat 18:30da – Rus tilida
“Shum bola” filmi
6-aprel kuni soat 18:30da – O‘zbek tilida
7-aprel kuni soat 18:30da – Rus tilida
“Maftuningman” filmi
8-aprel kuni soat 18:30da – O‘zbek tilida
9-aprel kuni soat 18:30da – Rus tilida
Namoyishlar jadvaliga qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Kirish bepul!
Batafsil ma’lumot uchun: +998 88 007 35 00
Haftalik davomida filmlar ijodkorlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Tomoshabinlar suratga olish guruhi a’zolari va aktyorlar bilan uchrashish, ular bilan bevosita suhbat qurish va film jarayoni haqida qiziqarli tafsilotlarni bilib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Retro film klubi – milliy kino merosimizni birgalikda kashf etamiz!
