Asosiy kontentga o'tish

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Jahon dramaturgiyasi namunalari bo‘yicha “Eng yaxshi tarjima sahna asarlari” tanlovini eʼlon qiladi

2025-03-20 10:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada  qo‘llab-quvvatlash chora-tadbiri to‘g‘risida” 2024-yil 22-noyabrdagi PQ–399-son qarori ijrosi yuzasidan Jahon dramaturgiyasi namunalari bo‘yicha “Eng yaxshi tarjima sahna asarlari” tanlovi bo‘lib o‘tadi.

 

Tanlovga asarlar 2025-yilning 20-martidan 15-may sanasiga qadar belgilangan tartibda Madaniyat vazirligining Milliy tanlovlar platformasi (https://milliytanlov.uz) hamda @tarjima_asarlar_tanlovi_bot telegram botida elektron shaklda qabul qilinadi.

 

Tarjima asarlar quyidagi mezonlarga muvofiq bo‘lishi lozim:

g‘oyaviy-badiiy jihatdan umuminsoniy tamoyillarga asoslanishi;

tanlangan mavzu dolzarb va jamiyat  hayoti uchun ahamiyatli bo‘lishi;

adabiy til me’yorlariga rioya qilishi;

mavzu va g‘oyani ochib berishda milliy mentalitet inobatga olinishi;

tanlov Nizomida belgilangan yo‘nalishlarga mos kelishi;

o‘zbek teatrlarida sahnalashtirilmagan bo‘lishi talab etiladi.

 

Tarixiy va zamonaviy mavzulardagi asarlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi:

dramatik;

musiqali;

qo‘g‘irchoq;

 

Bunda:

Vatanparvarlik, fidoyilik va qahramonlik g‘oyalari aks etgan asarlar;

aholi, ayniqsa, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi g‘oyaviy-badiiy yetuk sahna asarlari;

umuminsoniy qadriyatlarni ulug‘lovchi asarlari;

 tarjima uchun tanlangan asar muqaddam sahnalashtirilmagan bo‘lishi;

millatlararo bag‘rikenglik, vatanparvarlik, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘ularini, insonparvarlik g‘oyalarini o‘zida jo etib, yoshlarga ibrat bo‘ladigan mavzular yoritilishi talab etiladi.

dramaturg hayot bo‘lsa yoki merosxo‘rlari bo‘lsa (ehtimoliy kelishmovchiliklarning oldini olish maqsadida) rozilik olinishi so‘raladi.

 

Tanlovga tarjima asarlar quyidagi tartibda qabul qilinadi:

taqdim etiladigan asarlar o‘zbek tilida, elektron variant
A-4 formatda, 1,5 interval, Times New Roman 14 shriftda bo‘lishi (gramatik va orfografik xatolari bor asarlar qabul qilinmaydi) hamda dramatik va musiqali asarlar hajmi 30-35 sahifadan, qo‘g‘irchoq pyesalar hajmi esa 15 sahifadan  kam bo‘lmasligi zarur.

 

Asar belgilangan tartibda yuborilmasa, murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi.

 

Tanlovda yoshidan qatʼi nazar, barcha ijodkorlar dramatik, musiqali va qo‘g‘irchoq yo‘nalishidagi tarjima asarlar bilan ishtirok etishi mumkin. 

 

Arizalar qabul qilish muddati tugaganidan so‘ng tanlovga kelib tushgan pyesalar Baholash komissiyasi tomonidan 15 ish kunidan kechiktirmasdan ko‘rib chiqiladi va tanlov natijalari vazirlikning veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ma’lum qilinadi.

 

Tanlovda g‘olib deb topilgan asarlar belgilangan tartibda pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi va respublika teatrlariga sahnalashtirish uchun tavsiya etiladi.

425

Oxirgi yangilanish: 2025-03-20 16:31:19

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Jahon dramaturgiyasi namunalari bo‘yicha “Eng yaxshi tarjima sahna asarlari” tanlovini eʼlon qiladi