Davlatimiz rahbari “Ichan qal’a” tarixiy kino va serial olish uchun tayyor sahna ekanligini ta'kidladi
2025-03-19 13:30:00 / Yangiliklar

"Yurtimizning betakror tabiati, tog‘ va yaylovlari, tarixiy obidalari – kino industriyasi, konsert-tomosha faoliyati va turizmda yangi loyihalarni amalga oshirish uchun katta imkoniyat", - dedi davlatimiz rahbari kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv davomida.
Masalan, “Ichan qal’a” tarixiy kino va serial olish uchun tayyor sahna. Ko‘p davlatlar bunday sahna paviloni qurishga millionlab dollar sarflayapti.
Yoki, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Qo‘qon, Namangan kabi yirik shaharlarimizda xalqaro ko‘rgazma, forum va konsertlar o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlar bor.
“Men ham mana shunday sohalarda loyiha qilaman, degan intiluvchan tadbirkorlarga eng qulay sharoitlar yaratib berishga tayyorman”, - dedi davlatimiz rahbari.