Vazir Ozodbek Nazarbekov madaniy faoliyat va nomoddiy madaniy merosni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash yo‘nalishida 2025-yildagi rejalar taqdimoti bilan tanishdi
2025-03-13 15:55:00 / Yangiliklar

Bugun, 13-mart kuni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Madaniy faoliyat va nomoddiy madaniy merosni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash boshqarmasi va mazkur boshqarmaning muvofiqlashtiruvida bo‘lgan madaniyat markazlari, Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti, baxshichilik, askiya va qiziqchilik san’ati markazlari hamda ko‘zi ojizlar kutubxonalari tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar va tashabbuslar taqdimoti bilan tanishdi.
Unda:
madaniyat markazlari tomonidan 100 ga yaqin inson madaniyatini targ‘ib etishga yo‘naltirilgan videokontentlar;
askiya va qiziqchilarning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan 8 ta publitsistik ko‘rsatuv;
kitobxonlar uchun davlat teatrlari va ko‘zi ojizlar kutubxonalari bilan hamkorlikda 5 ta audio spektakllar;
folklor jamoalarning xorijiy davlatlarda konsert-tomoshalarini tashkil etish;
namunali va samarali faoliyat yuritayotgan madaniyat markazlariga press-turlar tashkil etish;
aeroportlarda nomoddiy madaniy meros videokontentlari va folklor jamoalarining tomoshalarini tashkil etish;
Baxshichilik yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilar ishtirokida 20 ta videokontent yaratish kabi masalalar taqdimoti qilindi.
Taqdimot yuzasidan takliflar va tavsiyalar berildi.



