“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi – yangi tashabbuslar sari qadam
2025-02-28 12:00:00 / Yangiliklar

Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabida Buxoro viloyati Madaniyat boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma boshlig‘i Tilavov Sherzod Beshimovich ishtirok etib, san’at yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlar bilan samimiy muloqot olib bordi. Uchrashuv davomida yoshlarga davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, ijodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash masalalari, madaniyat sohasining rivoji va kelajak rejalari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va mutasaddilar tomonidan kerakli tavsiyalar berildi. Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning orzu-maqsadlarini ro‘yobga chiqarish hamda madaniyat sohasida yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.



