#Tayinlov. O‘zbekiston davlat filarmoniyasiga o‘rinbosar tayinlandi
2025-02-26 12:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi bosh direktori o‘rinbosari lavozimiga vazirlikning tegishli buyrug‘iga asosan, Otabek Nasriddinov tayinlandi. Bu haqida kuni kecha “Turkiston” san’at saroyida vazirning birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov boshchiligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma'lum qilindi va jamoaga tanishtirildi.
Shuningdek mazkur yig‘ilishda ishtirok etgan “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi hamda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xodimlariga o‘z faoliyati davomida jamiyatda kasbiy madaniyati, xizmat faoliyati davomida hamda xizmatdan tashqari vaqtda odob-axloqi, tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubi qoidalariga amal qilgan holda ijodiy loyihalarni amalga oshirishi, kelgusida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan davlat tadbirlari, konsert dasturlarida yangi ijodiy ishlar bilan faol ishtirok etishlari bo‘yicha tavsiyalar berildi.