Buxoro viloyatining teatrlariga rahbarlar tayinlandi
2025-02-18 13:00:00 / Yangiliklar

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov xizmat safari bilan Buxoro viloyatida bo‘ldi.
Xizmat safari davomida Avazxon Tadjixanov boshchiligida Buxoro viloyati musiqali drama teatrida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda viloyat hokimi o‘rinbosari B.Shahriyorov, viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Sh.Tilovov hamda teatr sohasi vakillari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida Madaniyat vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Buxoro viloyati musiqali drama teatri hamda Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatriga direktor lavozimiga tayinlanganlar teatr jamoalariga tanishtirildi.
Jumladan, Husenova Gulnora Badalovna Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori lavozimiga;
Genjayev Yo‘ldash Hakimovich — Buxoro viloyati musiqali drama teatri direktori lavozimiga tayinlanganligini e’lon qilindi.