Vazirning birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov xizmat safari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldi
2025-02-14 18:00:00 / Yangiliklar

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov xizmat safari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldi.
Tashrif davomida, Bahodir Ahmedov Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi, "Ayqulash" Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli, "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi jamoalarining ijodiy konsert dasturlarini tomosha qildi.
Ijodiy konsert dasturlari Bahodir Ahmedov yangi musiqiy kompozitsiyalar yaratish, xoreografik o‘yinlarni sahnalashtirish va oldimizda turgan Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha fikrlarini bildirdi.
Shuningdek, "Yosh" estrada loyihasi ishtirokchilari bilan uchrashib, ularning ijrosidagi qo‘shiqlarni tingladi va yoshlarning ijodiga yuqori baho berdi.