Samarqand viloyatining teatrlariga rahbarlar tayinlandi
2025-02-10 14:00:00 / Yangiliklar

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov xizmat safari bilan Samarqand viloyatida bo‘ldi.
Xizmat safari davomida Avazxon Tadjixanov boshchiligida Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Orif Hayitov hamda teatr sohasi vakillari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida Madaniyat vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri hamda Samarqand viloyati musiqali drama teatriga direktor lavozimiga tayinlanganlar teatr jamoalariga tanishtirildi.
Jumladan, Kazakov Sunnatulla Bahriddin o‘g‘li — Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri direktori lavozimiga;
To'galov Botir Bahromovich — Samarqand viloyati musiqali drama teatri direktori lavozimiga tayinlanganligini e’lon qilindi.