Vazirning birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov xizmat safari bilan Andijon viloyatida bo‘ldi
2025-02-07 14:00:00 / Yangiliklar

Kuni kecha madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov xizmat safari bilan Andijon viloyatida bo‘ldi.
Xizmat safari davomida Avazxon Tadjixanov dastlab, Andijon viloyatidagi Qo‘g‘irchoq teatrida bo‘lib o‘tgan “An’analar diyori” shiori ostida o‘tkazilgan folklor-etnografik jamoalari ishtirokidagi o‘zida folklor milliy an’analarning uyg‘unligini aks ettiruvchi viloyat ko‘rik-tanlovini ochib berib, ko‘rik-tanlov jarayonlarini kuzatdi. Ko‘rik-tanlovni o‘zbek milliy qadriyatlarimni o‘zida mujassam etgan chiqishlar bilan boy bo‘ldi. Sahna ijrolarida o‘zbek milliy askiyachilik, milliy hashar, sumalak sayli, milliy qo‘shiq va raqslar ijro etildi.
So‘ng, Baliqchi tumanida joylashgan 16-son “Parvoz” madaniyat markazi binosining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Shu bilan birga Avazxon Tadjixanov Andijon viloyatidagi tadbirkorlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda tadbirkorlar tomonidan Andijon Musiqali drama teatri yotoqxona binosi, Asaka tumani Madaniyat bo‘limi 10-son madaniyat markazi hamda Izboskan tumani Madaniyat bo‘limi 36-son “Namuna” madaniyat markazi binolarini davlat-xususiy sherikchiligi asosida barpo etish yoki rekonstruksiya qilish takliflarini ko‘rib chiqildi.