Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining bir guruh o‘qituvchilari faxriy professor unvoni bilan taqdirlandi
2025-02-03 10:30:00 / Yangiliklar

Har qanday jamiyatning kelajagi bugungi yosh avlod naqadar bilimli va har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishiga bevosita bog‘liq. Aynan shuning uchun O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya tizimida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Xususan, maktabgacha ta’limdan boshlab oliy ta’limgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda sifat va samaradorlikni oshirishga qaratilgan islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Yoshlarning zamonaviy fanlar va texnologiyalarni o‘rganishi, ularda tanqidiy va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish, ularni jismonan sog‘lom, ruhan bardoshli va intellektual salohiyatli avlod sifatida tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Xalqaro hamkorlik dasturlari orqali o‘qituvchilar malakasini oshirish, yoshlarni xorijiy tillarga o‘rgatish va ularning dunyoqarashini kengaytirish borasidagi ishlar ham keng miqyosda amalga oshirilmoqda. Shu yo‘sinda, mamlakat kelajagi uchun yetuk, raqobatbardosh va mas’uliyatli yoshlar tayyorlashga asosiy urg‘u berilmoqda.
Kuni kecha Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti kengashi qaroriga muvofiq, Nuriddin Aminjonov, Abdurahmon Xoltojiyev, Xiroj Bakayev, Qudratulla Samadov, Rahmatulla Samadov, Israiljon Vahobovlar Faxriy professor unvoni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, OAK tomonidan xorijlik o‘qituvchi Azizullah Aralga filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) guvohnomasi taqdim etildi.