Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida “Vazir va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
2025-01-28 17:00:00 / Yangiliklar
Bugun, 28-yanvar kuni Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirokida “Vazir va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Uchrashuv davomida sirtqi ta’limda tahsil olayotgan 100 nafarga yaqin talabalar ishtirok etishdi.
Muloqotda tizimdagi islohotlar, 2025-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar va qabul qilinayotgan hujjatlar xususida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, Unda yoshlarning sohaga oid bir qator takliflari va mulohazalari tinglanib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi. Uchrashuv davomida iqtidorli talabalar o‘zlarining taklif va tashabbuslari bilan faol ishtirok etishdi.
Vazir, shuningdek, O‘zMMSIda o‘tgan qisqa vaqt mobaynida qator islohotlar amalga oshirilganiga guvoh bo‘lganini qayd etdi.