Asosiy kontentga o'tish

“O‘zbeksirk” davlat muassasasi artistlari Monte-Karlodagi 47-Xalqaro sirk san’ati festivalida ishtirok etishib sovrindor bo‘lishdi

2025-01-27 10:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 17-26-yanvar kunlarida Monako qirolligining Monte-Karlo shahrida bo‘lib o‘tgan 47-Xalqaro sirk san’ati festivalida 65 dan ortiq davlatdan 130 dan ortiq qatnashchi ishtirok etishdi, jumladan, O‘zbekiston Respublikasidan “O‘zbeksirk” davlat muassasasi ham ishtirok etdi.

 

“O‘zbeksirk” davlat muassasasi tomonidan K.Vorobeva rahbarligidagi “Uchlik Nafas” dorbozlar guruhi A.Jalilov, A.Xurramov, D.Yo‘ldoshova, R.Osmonovlar ishtirok etishdi. Ushbu nufuzli festivalda, O‘zbeksirk artistlarining chiqishlari olqishlarga sazovor bo‘lib, 3-o‘rin bronza sovrini bilan taqdirlandi.

 

Madaniyat vazirligi jamoasi “O‘zbeksirk” davlat muassasasi jamoasini ushbu yutuq bilan muborakbod etadi hamda faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi. 

131

Oxirgi yangilanish: 2025-01-27 13:15:25