Sarhisob: Hisobot va reja
2025-01-09 10:30:00 / Yangiliklar
Madaniyat vazirligi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
Teatr va sirk yo‘nalishida, teatrlarda 10 479 ta spektakl namoyish etilib, ushbu tomoshalarga 3,6 mln nafar tomoshabin tashrif buyurgan, shuningdek, “O‘zbeksirk” tomonidan 556 ta sirk tomoshalari o‘tkazilib, tomoshalarga 150 ming nafar tomoshabin tashrif buyurgan.
Konsert - tomosha yo‘nalishida, 2024-yilda 7 255 ta konsert-tomosha tadbirlari tashkil etilib, 10 mln 37 ming 200 nafar aholi qamrab olindi.
Madaniyat markazlari va nomoddiy madaniy meros yo‘nalishida, mamlakatimizdagi 837 ta madaniyat markazlari tomonidan joriy yilda jami 26 mingdan ortiq madaniy-ma’rifiy va konsert-tomosha dasturlari tashkil etilib, 2,5 mln nafar tomoshabin jalb etilgan.
Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 13 ta mahalliy va 1 ta xorijiy folklor ekspeditsiyalar tashkil etildi va 250ga yaqin nomoddiy madaniy meros namunalarining dastlabki hujjatlari tayyorlandi, internet va ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ib etishga qaratilgan 50 ta audiovizual asarlar yaratildi.
Shuningdek, “Rubob yasash va ijrochilik an’analari” bilan bog‘liq nomoddiy madaniy meros namunasi YUNESKOning xalqaro reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi.
Ijodkor yoshlar va tanlovlar yo‘nalishda, 18 ta respublika ko‘rik-tanlovlar va festivallar o‘tkazildi hamda ularga 10 ming nafardan ortiq ijodkor yoshlar qamrab olinib, madaniyat va san’at sohasida faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan hududlarda 14 ta “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari tashkil etilib, ularga 1 ming 400 nafardan ortiq yoshlar jalb qilindi.
Ta’lim yo‘nalishida, madaniyat ta’lim muassasalaridagi 2 000 nafar pedagog kadrlar, professor-o‘qituvchilar hamda rahbar xodimlar malakasi oshirildi hamda kollejlarining 2 600 nafardan ortiq pedagoglari attestatsiyadan o‘tkazildi.
Millatlararo munosabatlar yo‘nalishida, 6 ta yangi “O‘zbekiston-Belorus”, “O‘zbekiston-Ispaniya”, “O‘zbekiston-Kanada”, “O‘zbekiston-Shimoliy Makedoniya”, “O‘zbekiston-Chexiya”, “O‘zbekiston-O‘mon Sultonligi” do‘stlik jamiyatlari tashkil etilib, ularning umumiy soni 42 taga yetkazildi.
Xalqaro yo‘nalishda, 9 ta davlatda Xitoy, Ozarbayjon, Qatar, Tojikiston, Buyuk Britaniya, Gruziya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Rossiya “O‘zbekiston madaniyat kunlari” madaniy tadbirlari yuqori saviyada o‘tkazildi, 4 ta davlat Ozarbayjon, Mo‘g‘uliston, Qirg‘iz Respublikasi, Qatarning madaniyat kunlari O‘zbekistonda yuqori saviyada o‘tkazildi, 8 ta davlatda Rossiya, AQSH, Avstriya, Malayziya, Belgiya, Polsha, Rossiya, Fransiya O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlab madaniy tadbirlar o‘tkazildi, 8 ta xorijiy davlatlar Belarus, Tojikiston, Rossiya, Turkiya, Koreya, Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston, Ozarbayjon bilan Anglashuv memorandumlari va hamkorlik dasturlari imzolandi.
Madaniyat vazirligining 2025-yildagi istiqbolli rejalari
Teatr va sirk yo‘nalishida, teatrlar tomonidan namoyish etiladigan spektakllarga 3,8 mln hamda madaniy tadbirlar va festivallarga 10,2 mln tomoshabinlar jalb etiladi;
Konsert - tomosha yo‘nalishida, xalqaro baxshichilik san’ati festivali, “III Xalqaro hunarmandchilik festivali”, “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali, Xalqaro teatr festivallari o‘tkaziladi;
- Davlat konsert-tomosha muassasalari tomonidan namoyish etiladigan madaniy tadbirlar va festivallarga 10,5 mln tomoshabinlar jalb etiladi;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri ijodiy jamoalari tomonidan 14 ta hududda o‘zarolik tamoyili asosida hududlarning 50 dan “Madaniyat kunlari” tadbirlari yuqori saviyada o‘tkaziladi;
- Hududlarda mashhur xonanda, qiziqchi va boshqa ijodkorlar ishtirokida “Madaniyat karvoni” shaklida konsert-tomosha tadbirlari o‘tkaziladi;
Madaniyat markazlari va nomoddiy madaniy meros yo‘nalishida, respublika askiya san’ati markaziga yangi spektakllarni sahnalashtirish va askiya va qiziqchilik yo‘nalishida 5 ta asarga davlat buyurtmasi beriladi;
Investitsiyalarni jalb qilishva davlat-xususiy sheriklik yo‘nalishida, - 20 ta madaniyat va san’at muassasalari davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi;
Ta’lim yo‘nalishida, 7 turdagi milliy musiqa cholg‘ularida kuy ijro etishni o‘rgatish bo‘yicha qo‘shimcha adabiyotlar, notalar va videodarslar ishlab chiqiladi;
- Har bir tuman va shaharlarda bolalar musiqa va san’at maktablari hamda milliy va zamonaviy cholg‘u ansambllarining hisobot konsertlari byudjetdan tashqari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yo‘lga qo‘yiladi;
Kino sohasida, “Tirik tarix” turkumidagi 54 ta filmlardan 20 yaqini ishlab chiqarishga tushiriladi;
Xalqaro yo‘nalishda, 10 dan ortiq davlatda “O‘zbekiston madaniyat kunlari” hamda 5 ta davlatning madaniyat kunlari O‘zbekistonda o‘tkazilib, 10 dan ortiq xorijiy davlatlar bilan Anglashuv memorandumlari va hamkorlik dasturlari imzolanadi.