Qisqa muddatli malaka oshirish kurs tinglovchilariga sertifikatlar taqdim etildi
2024-12-20 20:45:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 17-20-dekabr kunlari Madaniyat vazirligi tizim tashkiloti xodimlari uchun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Tarmoq markazida qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
Mazkur kurs madaniyat sohasida faoliyat olib borayotgan hududiy rahbar-xodimlar va zaxira kadrlarning kasbiy mahoratini yuksaltirish, ularning zamonaviy talablar darajasida amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan.
Bugun, 20-dekabr kuni hududiy madaniyat organlarida faoliyat yuritayotgan rahbar-xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish kursi bitiruvchilariga sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur malaka oshirish kurslarida tizim tashkilotlarida madaniyat sohasida faoliyat olib borayotgan 58 nafar hududiy rahbar-xodimlar va zaxira kadrlarning kasbiy mahoratini yuksaltirish, ularning zamonaviy talablar darajasida amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini ta’minlash maqsad qilinib, mashg‘ulotlar yuqori saviyada tashkil etildi.
Dars mashg‘ulotlari tinglovchilar uchun qizg‘in muzokaralar va fikr almashuvlar ruhida o‘tdi. Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan dolzarb masalalarga asosli va batafsil javoblar olish imkoniga ega bo‘lishdi.
Ushbu qisqa muddatli malaka oshirish kurs yakuniga ko‘ra 57 nafar muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga madaniyat vaziri tomonidan tasdiqlangan sertifikatlarni madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov tomonidan tantanali ravishda taqdim etildi.