Namanganda yangi madaniyat markazi faoliyati qayta tiklandi
2024-12-12 16:00:00 / Yangiliklar
Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbuslari bilan mamlakatimizda keng nishonlanadigan bayramlar arafasida aholining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligiga xizmat qiladigan yangi binolarni ishga tushirish odatga aylanib ulgurdi. Shunga ko'ra, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yillik bayrami arafasida Namanganning Kosonsoy tumani "Kushon" mahallasidagi madaniyat markazi ta’mirdan so‘ng, qayta faoliyatini boshladi.
Muassasaning ochilish marosimida viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Z.Sarimsakov, "Nuroniy" jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi O.Qoriyev, mahalla ahli hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Ma’lumot uchun, 17-sonli "Xushvaqt" madaniyat markazi binosi davlat-xususiy sheriklik asosida to‘liq rekonsturuksiya qilindi.