Vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov “Madaniyat to‘lqinlari” media loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
2024-12-06 20:00:00 / Yangiliklar
#Madaniyat_toʻlqinlari
Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov “Madaniyat to‘lqinlari” media loyihasi tanlovining tashkiliy-ijodiy guruh a’zolari hamda ekspertlar guruhi bilan yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilish mobaynida tanlovni shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash, qabul qilingan video mahsulotlarni baholash mezonlari asosida munosib nomzodlarni aniqlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Shuningdek, Bahodir Ahmedov bugungi kunda media sohalarida faoliyat yuritayotgan va yuqori natijalarga erishayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy hamda umumbashariy qadriyatlar asosida tarbiyalash, vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, yangidan-yangi isteʼdod egalarini kashf etish hamda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida kasbiy madaniyatni rivojlantirish borasida o‘z fikr-mulohaza va takliflarini bildirib o‘tdi.
