Vazirning birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov Farg'onadagi folklor-etnografik jamoalarining repertuarlari bilan tanishdi
2024-11-14 12:00:00 / Yangiliklar
![Vazirning birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov Farg'onadagi folklor-etnografik jamoalarining repertuarlari bilan tanishdi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F927244f2-70de-2384-c462-fa218d2b884c_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov Farg‘ona viloyatida xizmat safarida bo‘ldi.
Xizmat safari davomida Bahodir Ahmedov Farg‘ona viloyati musiqali drama teatrida viloyatdagi folklor-etnografik jamoalarining repertuarlari bilan tanishdi.
Jumladan; Farg‘ona shahar "Farg‘ona gavhari", Qo‘qon shahar "Omon yor" va "Qo‘qon yor-yori", Marg‘ilon shahar "Chodir jamol", Dang‘ara tumani "Donig‘aram va Naymancha begoyimlari", Qo‘shtepa tumani "Kabutar" folklor-etnografik xalq jamoalarining repertuarlari bilan tanishdi.
Jamoa ishtirokchilari bilan suhbatlashib, milliy qadriyatlarimiz, avloddan- avlodga o‘tib kelayotgan urf-odatlarimizni yoshlarga yetkazishda ijrochilar o‘z mahoratini oshirib borishi, sahna madaniyati, ijro etilayotgan asarlarni mazmun-mohiyatiga va ularni tarbiyaviy ahamiyatiga e’tibor qaratilishi yuzasidan Bahodir Ahmedov tomonidan ko‘rsatmalar berildi.