О‘zbekistonda “Bag‘rikenglik haftaligi”ga start berildi
2024-11-11 15:35:00 / Yangiliklar
BMT Bosh assambleyasining qaroriga kо‘ra, 1997-yildan buyon 16-noyabr har yili butun dunyoda “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. Bu sanani bizda, О‘zbekistonda nishonlash ham yaxshi an’anaga aylangan. 2019-yildan davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bu sana О‘zbekistonda haftalik tarzida keng nishonlanib kelinmoqda.
Bu yil ham ushbu an’ana davom etib “Bag‘rikenglik haftaligi”ga start berildi. 7 kun davomida haftalik doirasida Xalqaro press-klub sessiyasi, davra suhbatlari, konferensiyalar, fotokо‘rgazma va boshqa madaniy-ma’rifiy va ilmiy-amaliy tadbirlar о‘tkaziladi.
Davlatimiz milliy siyosatining eng muhim, ustuvor yо‘nalishlaridan biri barcha millatlarning ravnaqi uchun teng sharoit va imkoniyat yaratish, millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirishdir.
О‘zbekiston bugun butun dunyo mamlakatlari uchun bag‘rikenglik namunalarini о‘zida mujassam etgan davlat sifatida namuna bо‘lmoqda. О‘zbekistonning bu kо‘p asrlik tajribasi о‘zbek millatiga xos bag‘rikenglik xususiyatlari Markaziy Osiyo va boshqa rivojlangan mamlakatlar uchun andoza bо‘lib xizmat qiladi, deb ayta olamiz.
Mazkur muhim vazifalarni amalga oshirish maqsadida Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan dо‘stlik aloqalari qо‘mitasi va Din ishlari bо‘yicha qо‘mita hamda qator tashkilotlar bilan birgalikda Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlab mamlakatimizda 11–16-noyabr kunlari Bag‘rikenglik haftaligi o‘tkazilmoqda.
Haftalikning asosiy maqsadi aholi, shu jumladan bolalar va yoshlarda fuqarolik burchini anglash, vatanparvarlik, sha’n va qadr-qimmat, fuqarolik mas’uliyati, shuningdek bag‘rikenglikka asoslangan millatlararo muomala madaniyati xis-tuyg‘usini mustahkamlash orqali ularning jamiyat rivojidagi ishtirokini faollashtirish, millatlararo totuvlik va konfessiyalararo bag‘rikenglik hissini yanada kuchaytirishga xizmat qilish.
Dastur doirasida bugun, 11-noyabr kuni О‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Media markazida mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, xorijiy davlatlar bilan dо‘stlik aloqalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan “О‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” mavzusida Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi bо‘lib о‘tdi.
Press-klub sessiyasida Millatalararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan dо‘stlik aloqalari qо‘mitasi raisi о‘rinbosari Azamat Toshev, Din ishlari bо‘yicha qо‘mita raisi о‘rinbosari Davronbek Maxsudov, О‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Respublika turkman madaniyat markazi raisi, Oliy Majlis deputati Guldana Avezdurdiyevalar spiker sifatida qatnashdilar.
Ular turli etnik guruhlarga mansub kishilarning turmush tarziga, xatti-harakatiga, tuyg‘ulariga, fikriga, g‘oyalari va e’tiqodlariga keng fe’llik va sabr-toqatlilik kо‘rsatishni taqozo etuvchi asosiy demokratik prinsiplardan biri sifatada bag‘rikenglik nafaqat davlat, balki shaxsiy, kishilar guruhlari darajasida ham yanada kо‘prok qaror topayotganligini ta’kidlab о‘tishdi.
Sessiya ishida Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan dо‘stlik aloqalari qо‘mitasi, Din ishlari bо‘yicha qо‘mita raislari, mas’ul vazirlik va idoralar, milliy madaniy markazlar, dо‘stlik jamiyatlari hamda respublikada faoliyat olib borayotgan diniy konfessiyalar rahbarlarining axborotlari eshitildi.
Shu kuni Toshkentdagi “Yangi О‘zbekiston” bog‘ida turli millat va diniy konfessiyalar vakillari ishtirokida Mustaqillik monumentiga gulchambar qо‘yish tadbiri bо‘lib о‘tdi. Unda Millatlararo munosabatlar va din ishlari bо‘yicha qо‘mitalar rahbarlari va xodimlari, milliy madaniy markazlar hamda diniy konfessiya vakillari, shuningdek, shahar axli va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Milliy madaniy markazlar va diniy konfessiya vakillari yurtimizda xukm surayotgan millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni kо‘z qorachig‘idek asrab avaylash kerakligi hususida fikr bildirishdi.
Haftalik doirasida о‘tkazilayotgan tadbirlar aholi, ayniqsa, yoshlarni jamiyat rivojiga keng jalb etish, respublikada istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining tili, madaniyati, an’ana va urf-odatlarini asrab-avaylash, ularda vatanparvarlik, millatlararo totuvlik va konfessiyalararo bag‘rikenglik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, ijtimoiy-siyosiy hayotga tatbiq etishdagi hissasini oshirishga xizmat qiladi.
О‘zbekistonda “Bag‘rikenglik haftaligi” 16-noyabrga qadar davom etadi.