Vengriyaning Budapesht shahrida O‘zbekiston san’ati konserti yuqori saviyada o‘tkazildi
2024-11-11 09:55:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi strategik sheriklik va amaliy hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda.
Ikki tomonlama madaniy hamkorlik rivojida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Vengriya Inson resurslari vazirligi o‘rtasida imzolangan madaniyat sohasida 2021 – 2026 - yillarga mo‘ljallangan dastur muhim o‘rin tutmoqda.
Kuni kecha Vengriyaning Budapesht shahrida O‘zbekiston san’ati konserti yuqori saviyada o‘tkazildi. Konsertda Oʻzbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov boshchiligida O‘zbek milliy maqom san’ati markazining maqom ustalari hamda "Tumor" raqs ansamblining raqqosalari ishtirok etishdi.
O‘zbekiston san’ati konserti dasturida: “Istiqlol”, “Dildor”, “Shodiyona”, “Tumor”, “ Hayronaman” kuylari, “Piyola” qo‘shig‘i hamda “Tumor” raqs ansamblining milliy raqslari kabilar o‘rin oldi.
Budapeshtning 1 260 o'ringa ega Opera va balet teatrida bo'lib, o'tgan ushbu konsert dasturi tomoshabinlar bilan gavjum bo'ldi.



