O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Qashqadaryo viloyati bo‘linmalarining 9 oylik faoliyati sarhisob qilindi
2024-11-07 19:00:00 / Yangiliklar
Bugun, 7-noyabr kuni O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Qashqadaryo viloyati bo‘linmalarining 9 oylik faoliyati yuzasidan hisobot konserti tinglandi va sarhisob qilindi.
Mazkur yig‘ilishda madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov boshchiligidagi ishchi guruh ishtirok etishdi.
Ishchi guruh tomonidan bo‘linmalar hisobotlari va konsert dasturlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shundan so‘ng ijodiy va ishchi xodimlar bilan muloqot o‘tkazilib, faoliyat jarayonida uchrayotgan muammolar tahlil qilindi.
Tashrif davomida rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Kun tartibida, iqtidorli ijodkor yoshlarni izlab topish , ularning Respublika miqyosidagi bayram tadbirlarida o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun keng yo‘l ochib berish ijodkor yoshlar bilan Ozarbayjon va Turkiya davlatlariga gastrol safarlarini tashkil etish hozirgi davr musiqa va san’atni rivojlantirishda qilinayotgan keng ko‘lamli ishlar xususida alohida to‘xtalib o‘tildi. “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”da 80 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi.
Tanqidiy va tahliliy tarzda tashkil etilgan uchrashuvda yoshlar o‘z iqtidorlarini namoyish etish bilan birga o‘zlarini qiziqtirgan savollariga yetarlicha javob oldilar.
Mazkur yig‘ilishda madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov, madaniyat vazirligi ijodkor yoshlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i Farrux Yunusov, O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Bosh direktori, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Bosh direktori, Qashqadaryo viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i va tizim tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.