Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazini boshqa binoga ko‘chirish bo‘yicha tavsiya berildi
2024-11-06 16:35:00 / Yangiliklar

4-6 — noyabr kunlari madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov boshchiligidagi ishchi guruh xizmat safari bilan Farg‘ona viloyatida bo‘lib, sohaga oid Qonun, qaror, farmon ijrosi, me’yoriy hujjatlar yuritilishi, raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda ijro intizomi holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida viloyat Madaniyat boshqarmasi, Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazi, Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri, Marg‘ilon shahar, Qo‘shtepa, Toshloq va Yozyovon tumanlari madaniyat bo‘limlari, madaniyat markazlari hamda bolalar musiqa va san’at maktablari ko‘zdan kechirildi.
2024-yilning 1-noyabriga qadar har bir tuman-shaharlarda sahnali zal, kutubxona, kinozal va to‘garak xonalari bo‘lgan bittadan namunali madaniyat markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida Marg‘ilon shahar, Qo‘shtepa, Toshloq va Yozyovon tumanlarida olib borilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Ma’lumot o‘rnida, namunali madaniyat markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha barcha tuman-shaharlarda amaliy ishlar boshlab yuborilgan bo‘lib, shundan, Buvayda tumanidagi 29-son markazi namunali madaniyat markazi sifatida faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Quvasoy shahar 14-son, O‘zbekiston tumani 70-son va Farg‘ona shahar 5-son madaniyat markazlarida ta’mirlash ishlari yakunlanish arafasida.
Madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov tomonidan Yozyovon tumani 40-son, Toshloq tumani 54-son, Qo‘shtepa tumani 79-son va Marg‘ilon shahar 16-son va Farg‘ona shahar 5-son madaniyat markazlarida ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirilib, ta’mirlash ishlarini jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq berildi.
Qo‘shtepa tumani 77-son "Shodlik" va Farg‘ona shahar 5-son madaniyat markazlarining foydalanilmay turgan yer maydonlarida davlat-xususiy sheriklik orqali rivojlantirish, Qo‘shtepa tumani 78-son "Istiqlol" madaniyat markazi binosidan samarali foydalanish maqsadida Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazini ushbu binoga ko‘chirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tdi.