Vazir o‘rinbosari Murodjon Majidov Farg‘onada sayyor qabul o‘tkazdi
2024-11-05 19:00:00 / Yangiliklar

Ayni kunlarda madaniyat vazirining o‘rinbosari Murodjon Majidov xizmat safari bilan Farg‘ona viloyatida bo‘lib turibdi.
Xizmat safari davomida, bugun 5-noyabr kuni Farg‘ona viloyati madaniyat boshqarmasida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda madaniyat va san’at sohasi xodimlari bilan bir qatorda jismoniy shaxslarning murojaatlari ham tinglandi.
Murodjon Majidov har bir murojaat va soha vakillarining takliflarni nazoratga olib, ularning ijrosi bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalarni belgilab berdi. Respublika darajasida hal qilinadigan masalalar tegishli idora va tashkilotlar bilan birgalikda ko‘rib chiqilishi bildirildi.
Yuqori tajribaga ega bo‘lgan soha vakillari tomonidan madaniyat markazlari nizomiga hamda bolalar musiqa va san’at maktablarining o‘quv dasturiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha bildirilgan takliflarini qo‘llab quvvatlagan holda tegishli choralar ko‘rilishi bildirildi.