PRESS-RELIZ: “Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar” mavzusida xalqaro forumi haqida
2024-10-24 09:00:00 / Press-relizlar
Toshkent shahar 24-oktyabr, 2024-yil
Bugun poytaxtdagi Yoshlar ijod saroyida “Xalqaro madaniy meros haftaligi” doirasida Madaniyat vazirligi tomonidan “Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.
Forumni Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov kirish nutqi bilan ochib berib, “Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar” to‘g‘risida taqdimot qildi.
“Bizning ajdodlarimiz hamisha jaholatga qarshi ma’rifat bayrog‘ini baland ko‘tarib, o‘z aql-zakovati va salohiyatini ilm-fan, madaniyat rivojiga bag‘ishlaganlar. Lekin, shu o‘rinda, bir muhim jihatga alohida urg‘u berib o‘tishni istardim. Bu tabarruk zamindan Xorazmiylar, Farg‘oniy, Beruniy yoki Zamahshariylar o‘z-o‘zidan yetishib chiqmagan. Navoiy yoki Bobur Mirzo birdaniga buyuk shoir bo‘lib tug‘ilib qolmagan. O‘sha davrlardagi ilmiy-madaniy muhit jamiyatga ayni mana shunday buyuk shaxslarni, dunyo tan olgan olimu fuzalolarni yetishtirib bergan. Shu ma’noda, bugun O‘zbekistonda Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshchiliklarida ilm-fan, madaniyat, san’at, adabiyot rivojiga juda katta e’tibor qaratilmoqda. “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida aholi, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy-mafkuraviy immunitetini yuksaltirish, yurtimizdagi tinchlik-xotirjamlikni mustahkamlash yo‘lida izchil sa’y-harakatlar olib borilmoqda” – dedi vazir Ozodbek Nazarbekov.
Forumda xalqaro tashkilotlardan TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev, Turkiy Parlament Assambleyasi Bosh kotibi Mehmet Sureyya Er, Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi prezidenti Aktoti Raimkulova, shuningdek, Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli yozuvchi va publist O‘g‘uz Yunus Isahon o‘g‘li, TURKSOY Yozuvchilar uyushmasi raisi, qozoq shoiri, jurnalist va muharriri, Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan xodim Esdaulet Uluqbek, Qirg‘iziston xalqining “Muras” tarixiy-madaniy merosi jamg‘armasi raisi, taniqli tarixchi, publisist va jurnalist Moldokasimov Qiyos, Qozon davlat madaniyat instituti rektori Axmadiyeva Roza Shayxaydarovna, Ege universiteti Adabiyot fakulteti Turk tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Fedekar Selami o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Shu bilan birga, Forumda IKOMOS eksperti Kristina Iamandi hamda Fransiya shaharsozlik unversiteti katta eksperti Erik Xyubert onlayn tarzda ishtirok etishdi.
“Prezident Shavkat Mirziyoyev janobi oliylarining Yangi O‘zbekistonning me’mori sifatida uzoqni ko‘zlab amalga oshirayotgan ishlari — mamlakatni suratan va siyratan yangilash, dunyoda uning yangi imijini yaratish, xalqni azaliy orzulari ro‘yobi sari yetaklash hamda milliy qadriyatlardan suv ichgan demokratik islohotlar o‘zbekistonliklarning nafaqat hayotini, balki ongu tafakkurini ham o‘zgartirmoqda, desak, ayni haqiqat. Davlat rahbari tomonidan olib borayotgan konstruktiv va pragmatik tashqi siyosat O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda hamda turkiy dunyoda azaliy o‘rnini qayta tiklashi va mustahkamlashida muhim o‘rin tutmoqda. O‘zbekiston Turkiy davlatlar tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lib kirganidan so‘ng barcha sohalar singari TURKSOY faoliyati doirasidagi hamkorlik aloqalari ham yangi bosqichga ko‘tarildi. Barcha a’zo davlatlarda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham turkiy mamlakatlar madaniyati va san’ati kunlari, yoshlar va teatr festivallari, ijodiy forumlar uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda” – dedi Sulton Rayev nutqi davomida.
“Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar” xalqaro forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Tirik tarix” loyihasi taqdimoti, Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi tomonidan chop etilgan “Turkiy tilli davlatlar milliy musiqa cholg‘ulari” kitobi taqdimoti, O‘zbek milliy cholg‘ulari ko‘rgazmasi hamda “Cho‘lpon” spektakli namoyishi bo‘lib o‘tdi. Forum doirasidagi tadbirlar dastur asosida (dastur ilova qilinadi) kun davomida bo‘lib o‘tdi.
“XALQARO MADANIY MEROS HAFTALIGI” doirasida Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etiladigan “YANGI O‘ZBEKISTONDA MADANIYAT VA SAN’AT SOHASIDAGI ISLOHOTLAR” xalqaro forumi DASTURI
Taklif etilayotgan ishtirokchilar soni: jami: 100 kishi, shundan 10 xorijiy, 90 mahalliy
24 oktyabr |
||
10.00-10.20 |
- |
“Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar” xalqaro forum ochilish marosimi: - madaniyat va san’at sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida video lavha;
|
10.20 – 10.40 |
- |
Madaniyat vaziri O.Nazarbekovni “Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar” to‘g‘risidagi taqdimoti |
10.40 – 11.10 |
- |
Xalqaro ekspertlarni ma’ruzalari:
|
11.10 – 11.30 |
- |
Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi tomonidan chop etilgan “Turkiy tilli davlatlar milliy musiqa cholg‘ulari” kitobi taqdimoti So‘zga chiquvchilar:
|
11.30 – 12.00 |
- |
Kofe-breyk |
12.00 – 12.50 |
|
Xalqaro ekspertlarni ma’ruzalari:
|
13.00 – 14.00 |
- |
tushlik |
14.00 – 14.30 |
- |
Madaniyatshunoslik va nomoddiy-madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti rahbari, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori I.Dadajonova va Madaniyat vazirligi Madaniy faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i J.Niyazbekovning “Nommodiy madaniy merosni asrashda zamonaviy yondashuvlar” mavzusida taqdimoti |
14.30 – 15.00 |
- |
Xalqaro va mahalliy ekspertlarni ma’ruzalari:
|
15.00 – 16.00 |
- |
Qisqa tanaffus |
15.00 – 16.00 |
- |
Madaniyat vaziri O.Nazarbekov va xorijiy mehmonlar o‘rtasida uchrashuv (Madaniyat vazirligi) |
16.00 – 17.00 |
- |
O‘zbek milliy cholg‘ulari ko‘rgazmasi ochilish marosimida ishtirok etish (O‘zbek milliy akademik drama teatri) |
17.00 – 18.00 |
- |
Xorijiy mehmonlarni milliy OAV vakillariga intervyusi (O‘zbek milliy akademik drama teatri) |
18.00 – 20.00 |
- |
“Cho‘lpon” spektakli namoyishi (O‘zbek milliy akademik drama teatri) |
Qo ‘shimcha ma’lumotlat uchun: +998 99 890 63 83, +998 91 588 90 85