BDKU ( ВГИК) Toşkent filiali jamoasi bilan uçraşuv ötkazildi
2026-11-20 12:00:00 / Yangiliklar

Madaniyat vazirining birinçi örinbosari — Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov BDKU (ВГИК)ning Toşkent filiali professor-öqituvçilari va jamoasi bilan uçraşdi.
Unda filial faoliyatida mavjud muammolar, pedagoglarni qiynayotgan masalalar va ularning yeçimlari yuzasidan fikr almaşildi.
Filial faoliyatini örganiş davomida jiddiy moliyaviy muammolar aniqlangan edi. Mazkur masala körib çiqilib, pedagoglar oldidagi 1 milliard 300 million sömlik iş haqi qarzdorligi töliq qoplandi. Qolgan mablağlarni filialning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaşga yönaltiriş belgilandi.
Uçraşuvda filial jamoasi oldida turgan asosiy vazifa — milliy kinematografiya uçun bilimli va iste’dodli yoş mutaxassislarni tayyorlaş ekani alohida ta’kidlandi.
Muloqot yakunida filial faoliyatini yanada yaxşilaş, professor-öqituvçilar va jamoa bilan hamkorlikda işlaş böyiça fikrlar bildirildi.





