Respublika teatr san’ati festivali doirasida navbatdagi spektakllar namoyiş etildi
2026-11-20 09:00:00 / Yangiliklar

19-noyabr kuni Toşkent şahrida ötkazilayotgan Respublika teatr san’ati festivali doirasida uçta professional teatr jamoalari tomonidan tayyorlangan spektakllar tomoşabinlarga taqdim etildi.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrining “Tebranmas yuraklar”, Özbekiston davlat drama teatrining “Işlagandek bölaylik” hamda Muqimiy nomidagi Özbekiston davlat akademik musiqali teatrining “Tongni kulib qarşi ol” spektakllari namoyiş etildi.
Festival doirasida namoyiş etilayotgan sahna asarlari teatr jamoalarining ijodiy izlanişlari, aktyorlik mahorati va milliy teatr san’atining bugungi imkoniyatlarini namoyon etmoqda.
Respublika teatr san’ati festivali 21-noyabrga qadar davom etadi.









