Hindistonda oʻtkazilayotgan “Kullu Dussehra 2024” xalqaro festivalida O'zbekiston jamoasi ishtirok etmoqda
2024-10-20 01:15:00 / Yangiliklar

Ayni kunlarda Hindistonning Kullu shahrida oʻtkazilayotgan “Kullu Dussehra 2024” xalqaro festivalida Toshkent viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi jamoa ham munosib ishtirok etmoqda.
Festivalda dunyoning 27 davlatidan kelgan sanʼat ahli oʻzlarining milliy kuy-qoʻshiqlarini namoyish etishmoqda.
Mazkur tadbir Himachal-Pradesh shtatining Kullu shahrida nishonlanadigan eng muhim bayramlardan biri hisoblanadi.
Hindistonning boshqa hududlarida Dussehra bir kunlik bayram sifatida oʻtkazilsa, “Kullu Dussehra” oʻn kunlik “Navratri” bayramining oʻninchi kuni boshlanib, butun bir hafta davomida nishonlanadi.
Bu festival oʻziga xos diniy urf-odatlar, katta yurish va rang-barang tomoshalar bilan mashhur.
“Kullu Dussehra” nafaqat diniy ahamiyatga ega, balki u Hindiston va butun dunyodan minglab sayyohlar va ziyoratchilarni jalb qiluvchi muhim madaniy tadbir hamdir.


