Milliy qahramonlarimiz aks etgan öyinçoqlar işlab çiqariş taklif qilindi
2026-11-14 13:00:00 / Yangiliklar

Bolalar sevib tomoşa qiladigan multfilm va filmlardagi qahramonlar ularning dunyoqaraşiga ta’sir qiladi. Şu sababli milliy qahramonlarimiz aks etgan öyinçoqlarni işlab çiqariş ham muhim.
Madaniyat vazirining birinçi örinbosari – Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov, Özbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahabov hamda öyinçoq işlab çiqaruvçi tadbirkorlar iştirokida şu mavzuda uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuvda milliy kino va multfilm qahramonlari asosida bolalar öyinçoqlarini işlab çiqariş masalasi muhokama qilindi. Bu orqali bolalarni milliy qahramonlarimiz, tariximiz va qadriyatlarimiz bilan yaqindan taniştiriş közda tutilgan.
Tadbirkorlar uşbu taklifni qöllab-quvvatlab, uni amalga oşirişga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Uçraşuvda kino ijodkorlari va öyinçoq işlab çiqaruvçilar hamkorligini yölga qöyiş masalasiga ham e’tibor qaratildi.









