Vazir Ömon Milliy muzeyi bilan tanişdi
2026-11-14 18:00:00 / Yangiliklar

Bugun Özbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Maskat şahrida joylaşgan Ömon Milliy muzeyida böldi.
Muzeyga sayohat davomida vazir muzey ekspozitsiyalari, tarixiy eksponatlar hamda Ömonning milliy madaniyati va an’analarini aks ettiruvçi galereyalar bilan tanişdi.
Ömon Milliy muzeyida 14 ta doimiy galereya faoliyat yuritadi. Ularda Ömonning qadimiy tarixi, dengizçilik an’analari, hunarmandçiligi, milliy qadriyatlari va islom sivilizatsiyasiga oid tarixiy ma’lumotlar namoyiş etilgan.
Muzey fondida esa 5 466 dan ortiq tarixiy eksponat saqlanadi.
Şuningdek, muzeyda tarixiy merosni namoyiş etişda zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş va eksponatlarni saqlaş uçun yaratilgan şaroitlar bilan ham tanişildi.









