Vazir Ozodbek Nazarbekov Sulton Qobus Jome masjidi bilan tanişdi
2026-11-14 17:00:00 / Yangiliklar

Ömon Sultonligida ötkazilayotgan “Özbekiston madaniyati kunlari” doirasida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Maskat şahridagi Sulton Qobus Jome masjidi bilan tanişdi.
2001-yilda oçilgan mazkur masjid Ömonning eng yirik jome masjidi hisoblanadi. 416 ming kvadrat metr maydonni egallagan majmua bir vaqtning özida 20 ming nafargaça namozxonni siğdira oladi.
Masjidning me’moriy bezaklari, ulkan gumbazi va Eronda tört yil davomida tayyorlangan, oğirligi 21–22 tonna bölgan gilami alohida e’tiborga loyiq.
Şuningdek, masjid bezaklarida Temuriylar davri me’morçiligiga xos jihatlar ham uçraydi. Bu esa Özbekiston va Ömon örtasidagi tarixiy-madaniy yaqinlikni eslatadi.









