Özbek san’ati Maskat sahnasida!
2026-11-14 01:00:00 / Yangiliklar

13-noyabr kuni Ömon Sultonligi poytaxti Maskat şahrida "Özbekiston madaniyati kunlari” doirasidagi navbatdagi konsert dasturi bölib ötdi.
Konsert dasturi davomida “Nasri segoh”, “Qöqon uşşoği”, “Tanovar”, “Mavrigi”, “Andijon polka”, “Xivaki” kabi kuy-qöşiqlar ijro etildi. Şuningdek, maqom va folklor namunalari hamda “Şodlik” raqs ansamblining çiqişlari namoyiş etildi.
Sahnada Özbekiston davlat simfonik orkestri qoşidagi milliy ansambl sozandalari, Alişer Ahmedov, Salohiddin Abdupattoyev, Madina Usubjonova va boşqa san'atkorlar çiqişlar qilişdi.
“Özbekiston madaniyati kunlari” ikki mamlakat san’ati va ijodkorlarini bir maydonda jamlab, madaniy aloqalarni rivojlantirişga xizmat qilmoqda.









