Özbekiston madaniyati — Ömonda!
2026-11-11 12:00:00 / Yangiliklar
12-13-noyabr kunlari Ömon Sultonligining poytaxti Maskat şahrida “Özbekiston madaniyati kunlari” bölib ötadi.
Arabiston yarimorolining janubi-şarqida joylaşgan Ömon Sultonligi qadimiy tarixi, me’moriy obidalari va boy madaniy an’analari bilan tanilgan. Özbekiston va Ömon xalqlarini esa umumiy tarixiy, ma’naviy va madaniy qadriyatlar boğlab turadi.
Ikki mamlakat örtasidagi madaniy hamkorlik yildan yilga rivojlanib bormoqda. Xususan, Ömon san’atkorlari Özbekistonda ötkaziladigan xalqaro festivallarda iştirok etib kelmoqda. 2025-yilda Xivada taşkil etilgan IV Xalqaro baxşçilik san’ati festivalida Ömonning “Al-Şahba” folklor guruhi ham öz milliy ijroçilik an’analarini namoyiş etgan.
Madaniyat kunlari dasturidan quyidagi tadbirlar örin olgan:
12-noyabr kuni:
Özbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning Ömon Sultonligi Madaniyat, sport va yoşlar vaziri Sayyid Saud bin Hilol bin Hamad Al-Busaidi bilan uçraşuvi;
Maskat Qirollik opera teatri (Royal Opera House Muscat) faoliyati bilan tanişiş;
Özbekiston madaniyati kunlarining rasmiy oçiliş marosimi va gala-konsert.
13-noyabr kuni:
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Sulton Qobus nomidagi Madaniyat va fan oliy markazi raisi Habib Al-Riyami bilan uçraşuv ötkazadi;
Sulton Qobus nomidagi Jome masjidi tarkibidagi Islom axborot markazi faoliyati bilan tanişiş;
Özbek san’ati namoyiş etiladigan gala-konsert örin olgan.
Tadbirlar doirasida ikki mamlakat örtasida teatr, musiqa, madaniy meros va san’at ta’limi yönalişlaridagi hamkorlikni kengaytiriş masalalari ham muhokama qilinadi. Jumladan, teatrlar örtasida tajriba almaşiş, qöşma konsert dasturlarini taşkil etiş va ijodiy jamoalar hamkorligini rivojlantiriş böyiça takliflar ilgari suriladi.
"Özbekiston madaniyati kunlari" milliy san’atimizni xalqaro miqyosda keng tanitiş, ikki xalq örtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantiriş va yangi hamkorlik loyihalariga yöl oçişga xizmat qiladi.
