Özbekiston MDH Madaniy hamkorlik kengaşiga raislikni qabul qildi
2026-11-08 14:30:00 / Yangiliklar

Madaniyat vaziri örinbosari Sanjar Bobojonov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Turkmanistonning Aşxobod şahrida bölib ötgan Mustaqil Davlatlar Hamdöstligiga a’zo davlatlar Madaniy hamkorlik kengaşining 41-majlisida iştirok etdi.
Majlisda 2025–2026-yillarda madaniyat sohasida amalga oşirilgan işlar, kelgusidagi rejalar va hamkorlikning ustuvor yönalişlari muhokama qilindi.
Yiğiliş doirasida Özbekiston tomonidan işlab çiqilgan "MDH madaniyat kunlari" konsepsiyasi körib çiqildi va a’zo davlatlar tomonidan ma’qullandi.
Majlisda sözga çiqqan Madaniyat vaziri örinbosari Sanjar Bobojonov MDHga a’zo davlatlar bilan madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantiriş Özbekiston taşqi siyosatining muhim yönalişlaridan biri ekanini ta’kidladi. Şuningdek, joriy yilda Özbekistonda Tojikiston madaniyati kunlari, Belarus, Qirğiz Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida esa Özbekiston madaniyati kunlari ötkazilganini qayd etdi.
Özbekistonning 2027-yilda MDHga raislik qilişi munosabati bilan Madaniy hamkorlik kengaşiga raislik ham mamlakatimizga topşirildi. Kengaşning navbatdagi majlisi 2027-yilda Özbekistonda ötkazilişi belgilandi.





