Özbekistonlik rahbar ayollar Malayziyada xalqaro stajirovkada iştirok etmoqda
2026-10-29 13:00:00 / Yangiliklar

Ayni kunlarda Malayziyaning Melaka şahrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boşqaruvi akademiyasi hamda Malayziya Texnika universiteti (UTeM) hamkorligida “Effective Leaderşip & Communication with AI” — “Sun’iy intellekt yordamida samarali yetakçilik va muloqot” mavzusida xalqaro stajirovka dasturi ötkazilmoqda.
26-oktabrdan 1-noyabrga qadar davom etadigan dasturda madaniyat vazirligi tavsiyasiga köra, Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti birinçi prorektori Feruza Qurbonova hamda madaniyat vazirligining “Guliston” va “Teatr” jurnallari birlaşgan tahririyati boş muharriri Şahribonu Imomova iştirok etmoqda.
Stajirovka davomida iştirokçilar sun’iy intellekt imkoniyatlaridan boşqaruv va muloqot jarayonlarida foydalaniş, zamonaviy yetakçilik yondaşuvlari hamda innovatsion texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etiş böyiça bilim va tajribalarini oşirmoqda. Şuningdek, xalqaro tajriba almaşiş va yangi boşqaruv usullarini örganiş uçun imkoniyatga ega bölmoqda.
Mazkur stajirovka madaniyat sohasida faoliyat yuritayotgan rahbar ayollarning kasbiy salohiyatini oşiriş, boşqaruv jarayonlariga zamonaviy yondaşuvlarni joriy etiş hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalaniş könikmalarini rivojlantirişga xizmat qiladi.




