Tölovga qobiliyatsizlik jarayonidagi tadbirkorlar uçun maxsus hisobvaraqlar oçilişi belgilandi
2026-10-28 16:05:00 / Yangiliklar

Adliya vazirligi bank hisobvaraqlarini oçiş, yuritiş va yopiş tartibi töğrisidagi yöriqnomaga qöşimça va özgartişlar kiritiş haqidagi idoraviy hujjatni davlat röyxatidan ötkazdi (röyxat raqami 3420-3, 2026-yil 20-oktabr).
Unga köra:
Tölovga qobiliyatsizlik jarayonidagi tadbirkorlar uçun maxsus hisobvaraqlar oçilişi belgilandi. Bunda:
Tadbirkorga nisbatan sanatsiya, taşqi boşqaruv yoki tugatiş tartib-taomili joriy etilsa, uning mablağlarini boşqariş uçun bankda maxsus hisobvaraq oçiladi;
Tadbirkorning asosiy va ikkilamçi hisobvaraqlari böyiça çiqim operatsiyalari töxtatiladi hamda mavjud va keyinçalik kelib tuşadigan mablağlar maxsus hisobvaraqqa ötkaziladi;
Asosiy va ikkilamçi hisobvaraqlarga qöyilgan band tölov hujjatlari, şu jumladan inkasso topşiriqnomalari hamda band soliş töğrisidagi qarorlar ularni qöygan taşkilotlarga (organlarga) ijrosiz qaytariladi;
Maxsus hisobvaraqdagi mablağlardan esa faqat mijozning yoki sud boşqaruvçisining tölov topşiriqnomasi asosida foydalaniladi.
Mazkur çoralar oğir moliyaviy ahvolga tuşib qolgan yoki bankrotlik yoqasidagi tadbirkorlarning oyoqqa turişiga va faoliyatini tiklaşiga xizmat qiladi.
Fuqarolar istalgan bankdan özining barça bank hisobvaraqlari haqidagi ma’lumotlarni olişlari mumkin bölmoqda (muqaddam faqat asosiy hisobvaraq oçilgan bankdan bunday ma’lumotlarni oliş mumkin edi);
Bank hisobvaraqlarini oçişda endilikda xorijga çiqiş biometrik pasportidan ham foydalaniş imkoniyati yaratildi.
